JIDU professor-o‘qituvchisining ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro BRILL nashriyotida chop etildi

JIDU professor-o‘qituvchisining ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro BRILL nashriyotida chop etildi

    JIDU professor-o‘qituvchisining ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro BRILL nashriyotida chop etildi

    JIDU professor-o‘qituvchisining ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro BRILL nashriyotida chop etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori v.b. Surayyo Usmanovaning ilmiy tadqiqoti nufuzli xalqaro Brill nashriyotida chop etilgan “Central Asia Yearbook on International Law: Volume 1 (2026)” ilmiy nashridan alohida bob sifatida o‘rin oldi.

     Ilmiy nashr haqida: 465 sahifadan iborat mazkur akademik nashr Markaziy Osiyoda xalqaro huquqning rivojlanishi, xalqaro ommaviy va xususiy huquq, davlatlar amaliyoti, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro nizolarni hal etish, inson huquqlari hamda xalqaro iqtisodiy huquqning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Nashr xalqaro ekspertlik baholashidan o‘tgan ilmiy tadqiqotlarni o‘zida jamlagan.

    Ilmiy tadqiqot haqida: Muallifning O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligiga bag‘ishlangan tadqiqotida BMTning Jahon turizm tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik hamda ikki tomonlama xalqaro shartnomalar amaliyoti tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro turizm huquqining Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab mintaqaviy integratsiya, barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati ochib berilgan.

     Nashriyot haqida: 1683-yilda Niderlandiyaning Leyden shahrida tashkil etilgan Brill dunyoning 340 yildan ortiq tarixga ega eng qadimiy va nufuzli akademik nashriyotlaridan biridir. Uning xalqaro huquqqa ixtisoslashgan Brill | Nijhoff nashriyot yo‘nalishi jahon yuridik ilmiy hamjamiyatida alohida mavqega ega. Bugungi kunda De Gruyter Brill xalqaro nashriyotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mazkur nashriyotning ko‘plab ilmiy jurnallari va ayrim kitob turkumlari Scopus hamda Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanadi.