
JIDU talabalari maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilishdi
JIDU talabalari maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilishdi

Joriy yilning 6-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi F.Azizova hamda Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabalari Yunusobod tumanidagi 250-maktabga tashrif buyurdilar.
Tadbirda 100 ga yaqin maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Talabalar “Suv - hayot manbai”, “Kelajak kasblari”, “Ekologiya va biz”, “Universitetim – faxrim” mavzularida ma’ruzalar qildilar. Ularning ta’lim tajribasi, kelajak kasblarining ahamiyati, ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflari, suv va elektr energiyasini tejash haqidagi foydali ma’lumotlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuvdan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra, so‘ralganlarning 80 foizi kelajakda qaysi kasbni tanlashni bilishini, 90 foizi ekologiya, suv va elektr energiyasi masalalari bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olganini, 70 foizi esa ekologik tadbirlarda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Maktab ma’muriyati bilan kelgusida maktab va universitet hamkorligida shu kabi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Sana: | 06.05.2025 |
Ko'rganlar soni: | 89 |
Ulashish: |