JIDU talabalari “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrif buyurishdi

JIDU talabalari “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrif buyurishdi

    JIDU talabalari “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrif buyurishdi

    JIDU talabalari “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrif buyurishdi

    Joriy yilning 8-may sanasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari hamda “Siyosatshunoslik” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrif amalga oshirildi.

    Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad qatag‘onchilik siyosatining qurbonlari hamda mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyatini yanada chuqurroq oʻrganishdan iborat bo‘ldi.

    Tashrif davomida talabalar muzeyning 10 ta bo‘limida aks etgan mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagonlar tufayli qurbon bolgan, insonlik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qoyish, yosh avlodning Vatanga muhabbat, sadoqat tuygularini kuchaytirishga qaratilgan hujjat va turli eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.  

    Shuningdek, ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan qatag‘onchilik siyosatining paydo bo‘lishi sabablari va oqibatlari haqida batafsil tarixiy ma’lumotlar berildi.

    Mazkur tashrif talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ota-bobolarimiz xotiriasiga hurmatni yanada mustahkamlash hamda xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.