JIDU hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

JIDU hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

    JIDU hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

    JIDU hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasi rahbari Zeyodulla Ubaydullayev boshchiligidagi klinika a’zolari va talabalar O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga rasmiy amaliy tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif ikki yetakchi oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash hamda zamonaviy huquqiy ta’lim metodikasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

    Tashrif doirasida har ikki muassasa vakillari ishtirokida sermazmun davra suhbati o‘tkazildi. Unda talabalarning nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lash, yuridik klinika faoliyatini bugungi kun talablari darajasida samarali tashkil etish hamda aholiga sifatli va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot davomida huquqshunos kadrlarni tayyorlashda klinik ta’limning o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Tashrifning mantiqiy davomi sifatida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada soha mutaxassislari, akademik doira vakillari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida JIDU delegatsiyasi Akademiya qoshidagi yuridik klinikaning kundalik ish jarayoni, u yerda murojaatchilar uchun yaratilgan sharoitlar va murojaatlar bilan ishlashning huquqiy mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Konferensiya yakunida bugungi kunda yuridik klinikalar faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammolar tahlil qilinib, ularni tizimli hal etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. Ushbu uchrashuv tomonlar uchun kelgusidagi qo‘shma loyihalar va ilmiy hamkorlik yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.