
JIDUda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi
JIDUda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs talabalariga Toshkent davlat yuridik universiteti professori Yuldashev Aziz tomonidan Konstitutsiyaviy huquq fanidan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati va Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi, vakolatlari, xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar faoliyatini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, aholi manfaatlarini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini rivojlantirishning ahamiyati ta’kidlandi.
Professor Yuldashev Aziz o‘z ma’ruzasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda mahalliy boshqaruv organlarining o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi. Ayniqsa, sifatli ta’lim, gender tenglik, ekologik barqarorlik va kambag‘allikni qisqartirish kabi vazifalarni hal etishda hududiy boshqaruvning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ilmiy fikr almashdilar.




