Talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida amaliy tashrif

Talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida amaliy tashrif

    Talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida amaliy tashrif

    Talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida amaliy tashrif

    “Inson qadrini yuksaltirishda Vatanga bo‘lgan g‘urur tuyg‘usini tarbiyalash muhim omillardan biridir”. Mazkur g‘oya asosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi (XQMK) tashabbusi bilan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.

    Mazkur tashrifda XQMK raisi, professor E.Sultanova, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti koordinatori M.Abduraxmanova hamda “Lider qizlar” faollari ishtirok etdilar. Talabalar va magistrantlar Respublika Bojxona qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Tashrif davomida qo‘mitaning davlat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish, noqonuniy harakatlarning oldini olish borasidagi serqirra faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar bojxona tizimining zamonaviy ishlash mexanizmlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda innovatsion yondashuvlari bilan tanishdilar.

    Ushbu uchrashuv talaba-yoshlarning qalbida Vatanga sadoqat, milliy manfaatlarga hurmat va davlat xizmatiga nisbatan yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Ayniqsa, mamlakat tinchligi va barqarorligini kechayu kunduz himoya qilayotgan tizim vakillariga nisbatan chuqur minnatdorlik hissi bildirildi.

    Bo‘lajak diplomat yoshlar o‘z navbatida mamlakat ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini, bu esa ular uchun nafaqat kasbiy, balki umuminsaniy burch ekanini alohida ta’kidladilar.

    Mazkur tashrif yoshlar ongida vatanparvarlik, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyati kabi muhim qadriyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.