JIDUda “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi tashkil etildi

JIDUda “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi tashkil etildi

    JIDUda “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi tashkil etildi

    JIDUda “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi tashkil etildi

    Joriy yilning 15–16 aprel kunlari “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

    Mazkur yarmarkaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularda innovatsion fikrlashni rivojlantirish, startap loyihalar ishlab chiqish hamda marketing strategiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Yarmarka davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy tajriba orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, tadbir doirasida talabalar Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga mos, innovatsion va ijtimoiy ahamiyatga ega biznes g‘oyalarni ishlab chiqishga rag‘batlantirildi. Bu esa yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, tashabbuskorligini oshirish va zamonaviy iqtisodiy muhitga moslashishiga xizmat qildi.

    Bundan tashqari, “UWED EXPO – 2026” yarmarkasi Yoshlar uchun besh muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, yangi g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma vazifasini bajardi.