JIDU va Texnologik diplomatiya instituti o‘rtasida texnologik diplomatiya sohasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi

JIDU va Texnologik diplomatiya instituti o‘rtasida texnologik diplomatiya sohasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi

    JIDU va Texnologik diplomatiya instituti o‘rtasida texnologik diplomatiya sohasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi

    JIDU va Texnologik diplomatiya instituti o‘rtasida texnologik diplomatiya sohasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi

    Joriy yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida 1-noyabr kuni har bir davlatning raqamli kelajakni shakllantirishda diplomatik salohiyatini kengaytirishga qaratilgan dunyodagi ilk xalqaro hujjat Texnologik diplomatiya bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi (Samarkand Declaration on Tech Diplomacy) imzolandi. Mazkur tarixiy ahamiyatga ega tashabbus doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Texnologik diplomatiya instituti (Tech Diplomacy Institute, TDI) o‘rtasida texnologik diplomatiya, raqamli boshqaruv va xalqaro innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.

    Memorandum Texnologik diplomatiya instituti asoschisi va prezidenti Ayumi Moore Aoki hamda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev nomidan “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori, JIDU rektor maslahatchisi Gulnoza Ismailova tomonidan imzolandi.

    Hujjatning asosiy maqsadi texnologik diplomatiya yo‘nalishida ta’lim, ilmiy tadqiqot, institutsional salohiyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratishdir. Memorandum diplomatiya va texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqurlashtirish, xalqaro munosabatlarda innovatsion yondashuvlarni shakllantirish hamda raqamli transformatsiya sharoitida global hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislar uchun treninglar, master-klasslar va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi, JIDU talabalari va ilmiy xodimlari uchun esa TDI platformalari orqali amaliyot va stajirovka imkoniyatlari yaratiladi.

    Ushbu hamkorlik shuningdek, xalqaro konferensiyalar, forumlar va ekspert uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish, Markaziy Osiyo miqyosida texnologik diplomatiya bo‘yicha ilmiy va siyosiy muloqot markazini shakllantirishni nazarda tutadi. Memorandumning imzolanishi JIDUni raqamli diplomatiya sohasida mintaqaviy akademik yetakchiga aylantirish, xalqaro ilmiy almashinuvni kengaytirish va ilg‘or raqamli diplomatik ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.