JIDUda “UWED Career Week 2026” karyera haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “UWED Career Week 2026” karyera haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “UWED Career Week 2026” karyera haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “UWED Career Week 2026” karyera haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 21-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida an’anaviy “UWED Career Week 2026” karyera haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir talabalarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

    Haftalik doirasida talabalar va bitiruvchilar, davlat organlari, xususiy sektor, bank sohasi hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirda 40 dan ortiq yetakchi kompaniya va 20 ga yaqin davlat tashkilotining qatnashishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa kasbiy aloqalarni kengaytirish va ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi.

    Ochilish marosimi doirasida “Oliy ta’lim va mehnat bozorining transformatsiyasi” mavzusida panel muhokamasi tashkil etildi.

    Unda HR va inson resurslarini boshqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislar, jumladan Yuliya Yakovleva, Viktoriya Tokova, Eddie Segal, Liliya Akhatova hamda Ra’no Hamidova ishtirok etdi.

    Panel muhokamasiga JIDUning raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektori Muzaffar Jalolov moderatorlik qildi.

    Haftalikning asosiy tadbirlaridan biri — ikki kunlik bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib, unda:

     birinchi kuni xususiy va xalqaro kompaniyalar;

     ikkinchi kuni davlat tashkilotlari ishtirok etadi.

    Talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, dastlabki suhbatlardan o‘tish hamda kar’era imkoniyatlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dastur doirasida o‘quv treninglari va workshoplar, “Startupers School” ochilishi, Jahon iqtisodiy forumi simulyatsiyasini o‘z ichiga olgan “Global Shapers Forum” hamda bank va korporativ sektor vakillarining mehmon ma’ruzalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    “UWED Career Week 2026” karyera haftaligi talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat boshlashlari uchun muhim platforma hisoblanadi.