
JIDU Pearson Education vakillarini qabul qildi va professor-o‘qituvchilar uchun axborot sessiyasi o‘tkazildi
JIDU Pearson Education vakillarini qabul qildi va professor-o‘qituvchilar uchun axborot sessiyasi o‘tkazildi

2026-yil 14-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Pearson Education (Dubay ofisi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibiga Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo mutaxassisi Ekaterina Basirova hamda Gulf & Levant va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun oliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Nicolas Abdelmassih kirdi.
Tashrif doirasida Pearson vakillari JIDU professor-o‘qituvchilari uchun axborot sessiyasi va tanishtiruv taqdimotini o‘tkazdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar Pearson’ning ta’lim yechimlari, jumladan MyLab va Mastering kabi raqamli platformalar, o‘quv resurslari hamda o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan vositalar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, interaktiv o‘quv platformalari, bilimlarni baholash tizimlari va talabalar faolligini oshirish hamda akademik natijalarni yaxshilashga xizmat qiluvchi analitik vositalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, unda JIDU professor-o‘qituvchilari platformalar, kurslar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va zamonaviy ta’lim yechimlarini JIDU o‘quv jarayoniga joriy etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
| Sana: | 15.04.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 10 |
| Ulashish: |




