JIDUda psixologik seminar-trening tashkil etildi

JIDUda psixologik seminar-trening tashkil etildi

    JIDUda psixologik seminar-trening tashkil etildi

    JIDUda psixologik seminar-trening tashkil etildi

    Joriy yilning 1-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida universitet psixologi N. Norova hamda kurs koordinatori hamkorligida 3-bosqich talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy faollik – psixologik barqarorlik – strategik maqsad” hamda “Kasb etikasi va psixologik barqarorlik” mavzularida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

    Seminar-trening maqsadi:

    - ijtimoiy faollikni kuchaytirish;

    - ruhiy salomatlik va tetiklikni oshirish;

    - strategik maqsad qo‘yish.

    Trening davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

    - sog‘lom muhitning ruhiy barqarorlik immunitetini mustahkamlashdagi ta’siri va ahamiyati haqida tavsiyalar va ma’lumotlarga ega bo‘lish;

    - o‘zaro munosabatlarda do‘stona muhit yaratish;

    - talabalarda ijtimoiy faollik va barqarorlikni mustahkamlash hamda kasb etikasi va psixologiyasi yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar olish;

    - maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish.

    Seminar-trening jarayonida psixolog talabalarning psixologik holatini psixodiagnostik texnikalar orqali tahlil qilib, zarur tavsiyalar berdi. Talabalar faol va ijobiy ruhda ishtirok etishdi.