JIDUda delikt majburiyatlari va zararni qoplashning huquqiy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda delikt majburiyatlari va zararni qoplashning huquqiy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda delikt majburiyatlari va zararni qoplashning huquqiy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda delikt majburiyatlari va zararni qoplashning huquqiy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 21-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida fuqarolik huquqining eng dolzarb institutlaridan biri – “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik huquqida delikt majburiyatlarining ahamiyati va ularni takomillashtirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir talabalarning shartnomadan tashqari kelib chiqadigan majburiyatlar sohasidagi bilimlarini real vaziyatlar bilan boyitish, shaxs va mulkka yetkazilgan zararni qoplashdagi zamonaviy huquqiy tendensiyalarni tahlil qilish maqsadida “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Sherzodbek Masadikov va kafedra professori Nargiza Raimova tomonidan tashkil etildi.

    Mahorat darsida “Umid Advokatlari Hay’ati” advokatlik tuzilmasi mutaxassislari Sa’dullayev Akobir, Nortojiyev Jamshid hamda Abdinazarova  Feruza o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda “Xalqaro huquq” fakultetining talabalari faol qatnashib, g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida yetkazilgan zararni undirishning nozik jihatlari, xususan, ma’naviy zarar kompensatsiyasi va boy berilgan foydani isbotlash yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

    Shuningdek, uchrashuvda milliy qonunchiligimizda shartnomadan tashqari munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida hal etishning samarali mexanizmlari muhokama markazida bo‘ldi. Ushbu ilmiy-amaliy muloqot Barqaror rivojlanishning 16-maqsadi - “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv” g‘oyalari bilan hamohangdir. Shaxsning daxlsizligi va mulkiy huquqlarining himoya qilinishi mamlakatimizda huquqiy barqarorlikning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.

    Tadbir yakunida BRMning 16.3-bandi - “Qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlov imkoniyatlarini kengaytirish” tamoyillari har bir shaxsning buzilgan huquqlarini tiklash kafolati bilan qanchalik uzviy bog‘liqligi xususida xulosalar qilindi. Bu kabi mahorat darslari bo‘lajak huquqshunoslarda huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni tiklashga nisbatan tahliliy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.