
Zakovatli yoshlar – diplomatiyaning kelajagi
Zakovatli yoshlar – diplomatiyaning kelajagi

Joriy yilning 16-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida birinchi bosqich talabalari uchun «Zakovat» intellektual klubining tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni klub koordinatori M.Abduraxmanova ochib berdi. U o‘z so‘zida «Zakovat» klubining maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan intellektual bellashuvlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, bunday o‘yinlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, tez qaror qabul qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Tadbirning muhim qismlaridan biri klub raisining almashinuvi bo‘ldi. 2025-2026-o‘quv yilida klubga sardorlik qilgan o‘z faoliyatini yangi klub sardoriga rasman topshirdi. Sobiq sardor o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va klub hayotidagi esda qolarli lahzalar haqida gapirib, yangi sardorga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Marosim davomida talabalar klub faoliyati, a’zo bo‘lish tartibi va o‘yin qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir so‘ngida birinchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Savol-javob jarayoni ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
Marosim yangi o‘quv yilida klub faoliyatining boshlanishiga yaxshi turtki bo‘lib, talabalarda intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.




