
JIDUda respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi
JIDUda respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun “Ta’lim tashkiloti ish faoliyati bo‘yicha tajriba almashish” maqsadida o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-trening jarayoni universitet psixologi N. Norova tomonidan olib borildi. Seminar-treningning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarining psixologlari kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va kasbiy kompetensiyalarini optimallashtirishdan iborat edi.
O‘quv seminar-trening davomida JIDU psixologi talabalar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni maqsadli va natijali amalga oshirishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yo‘lga qo‘yilgan ish tizimi haqida psixologlarga ma’lumot berdi.
Shuningdek, psixodiagnostik metodikalarni umumiy guruhlarga qanday qo‘llash va ularni korrektsiyalashning samarali usullari bo‘yicha psixologik amaliy mashg‘ulotlar va texnikalar orqali ko‘rsatmalar berildi.




