JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 20-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Turk tili bayrami” ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda universitet rahbariyati, Turkiya Jumhuriyatining O‘zbekistondagi elchixonasi Ta’lim ishlari maslahatchisi Ebubekir Aydin, TİKA tashkilotining vakili Esin Acar Ergin, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan TRTning vakili Erdog’an Topchu Toshkent shahridagi Turk Litseyi rahbari Firat Dursun va litsey o’qituvchilari, Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani ‘’Katta Qora Suv’’ MFY raisi Naima Jabbarova, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va ota-onalar ishtirok etdilar.

    JIDU Akademik ishlari bo’yicha birinchi prorektor Umarov Akram Azamatovich o‘zining tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. U o‘z nutqida hozirgi kunda O‘zbekistonlik yoshlar orasida, bundan tashqari universitetimizda ham turk tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga O‘zbekiston rahbariyati Turkiya bilan har tomonlama aloqalarni, jumladan ta‘lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratganligini ta‘kidladi.

    Turkiya Jumhuriyatining O‘zbekistondagi elchixonasi Ta’lim ishlari maslahatchisi Ebubekir Aydin o‘z nutqida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi samaralihamkorlik istiqboli va bu munosabatlarning muhim jihatlari haqida aytib o‘tdi. Bayram tadbiri davomida elchi JIDU universiteti talabalarining “Turk tili bayrami” tadbirida faol qatnashishlarini ko‘rib, turk tiliga qiziqishi ortib borayotganligini yana bir bor alohida ta‘kidladi.

    Tadbir dasturi yorqin va unutilmas taqdimotlar, taniqli turk shoirlari she‘rlaridan parchalar, milliy va zamonaviy raqslar, klassik va jo‘shqin zamonaviy qo‘shiqlar, qiziqarli sahna ko’rinishlariga boy bo‘ldi.

    Tadbir yuqori saviyada va ko’tarinki ruhda o‘tdi, bunday tadbirlar turk tili o‘rganayotgan talabalarni ruhlantiradi va davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi.