Yevropa Viadrina universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

Yevropa Viadrina universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    Yevropa Viadrina universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    Yevropa Viadrina universiteti rektori JIDUga tashrif buyurdi

    2025-yil 7-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) Germaniyaning Frankfurt-an-der-Oder shahrida joylashgan Yevropa Viadrina universiteti rektori, professor Eduard Mühle tashrif buyurdi. Mazkur tashrif xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

    Viadrina universiteti rektorini JIDU Rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda universitet rahbariyati vakillari kutib oldi. Mehmon universitet faoliyati, uning akademik ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot oldi. Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim va xalqaro kun tartibiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

    Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, akademik almashinuvlar, qo‘shma ta’lim tashabbuslari va ilmiy tadbirlar muhokama qilindi. Kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilish istiqbollari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

    Tashrif iliq va konstruktiv muhitda o‘tdi. Tomonlar ta’lim sifatini oshirish va xalqaro akademik hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.