“7 ta milliy dastur” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“7 ta milliy dastur” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    “7 ta milliy dastur” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    “7 ta milliy dastur” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 16-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hamkorligida 35-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “7 ta milliy dastur” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, ularning huquqiy, ekologik va ijtimoiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

    Tadbir davomida “7 ta milliy dastur”ning mazmun-mohiyati va ahamiyati, ularning yoshlar hayotidagi o‘rni hamda mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi, ekologik madaniyatni rivojlantirishi, qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirishi, shuningdek, mahalla va jamiyat taraqqiyotida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli zararli g‘oyalardan asrash, kitobxonlik va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

    Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzida davom etib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi uchrashuvlarni muntazam davom ettirish muhimligi qayd etildi.