«Sovuq urush va xalqaro xavfsizlik» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

«Sovuq urush va xalqaro xavfsizlik» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    «Sovuq urush va xalqaro xavfsizlik» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    «Sovuq urush va xalqaro xavfsizlik» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakultetining 4-bosqich talabalari ishtirokida «Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari» fani doirasida «Sovuq urush va xalqaro xavfsizlik» mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy ma’ruzachisi sifatida Sankt-Peterburg davlat universiteti Amerika tadqiqotlari kafedrasi professori, tarix fanlari doktori, tahlilchi-tadqiqotchi hamda Sovuq urush masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Kristina Vladimirovna Minkova ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida K.V. Minkova mazmunli ma’ruza bilan chiqib, Sovuq urushning xalqaro xavfsizlik tizimi rivojlanishidagi ahamiyati, mazkur davrda yuzaga kelgan asosiy muammolar, shuningdek, xalqaro xavfsizlikni saqlash va Uchinchi jahon urushining oldini olishga qaratilgan superdavlatlar siyosatini batafsil yoritib berdi. Ma’ruzada xalqaro xavfsizlik tizimining evolyutsiyasi hamda Sovuq urush tugaganidan keyin zamonaviy davrga o‘tish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Talabalar muhokamada faol ishtirok etib, ma’ruzachiga turli savollar bilan murojaat qildilar. K.V. Minkova o‘zining xalqaro tajribasi va ekspertlik nuqtayi nazariga tayangan holda ushbu savollarga batafsil va professional javoblar berdi.