O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchisi JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi

    2025-yil 12-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetida “Siyosiy jarayonlarning tizimli tahlili” kursi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi R.D. Nazarov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir davomida “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” va “Xalqaro huquq” fakultetlarining 1-, 2-, 3- va 4-bosqich talabalari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy jihatlari bilan batafsil tanishtirildi. Spiker o‘z chiqishida savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalar sohasidagi hozirgi holat, siyosiy-diplomatik aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar rishtalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, diplomatik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga oid keng doiradagi masalalar muhokama qilindi.

    Talabalar, ayniqsa, bo‘lajak diplomatlarning TIV tizimida ishga joylashuvi mavzusiga bag‘ishlangan suhbatni katta qiziqish bilan tingladilar. Elchi ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va zamonaviy diplomat uchun zarur bo‘lgan talablar darajasiga yetishish borasida aniq amaliy tavsiyalar berdi. Uchrashuv talabalar uchun faol fikr almashish va professional yuksalishga erishishga yo‘naltirilgan istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha samarali maydonga aylandi.

    Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.