JIDUda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ekologik va iqtisodiy masalalar uyg‘unligi muhokama qilindi

    2026-yil 14-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ekologik va iqtisodiy masalalar uyg‘unligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Yangi O‘zbekiston universiteti hamda Markaziy Osiyo universiteti hamkorligida tashkil etildi.

    Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamadaliyev Odiljon Toirovich, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Mamatkulov Ilhom Abdurashidovich hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi vakili Xolxojayev Baxrom Botir o‘g‘li barqaror rivojlanish kun tartibining dolzarbligini ta’kidladilar.

    Yalpi majlisda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.

    Konferensiya yakunida ekologik barqarorlikni ta’minlashda investitsion mexanizmlarni kengaytirish, ESG standartlarini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat, biznes va akademik hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida ilmiy-amaliy muloqot uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.