
JIDU rektori Norvegiya elchisi bilan uchrashdi
JIDU rektori Norvegiya elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 15-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Norvegiya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va tegishli qo‘mitalar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, taʼlim va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shu o‘rinda S.Safoyev Norvegiya universitetlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalib, akademik almashinuv va qo‘shma tadqiqot loyihalarining muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdilar.




