
“Bir talaba – bir daraxt” aksiyasi bo‘lib o‘tdi
“Bir talaba – bir daraxt” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida an’anaviy “Bir talaba – bir daraxt” aksiyasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ekologik madaniyatni yanada kuchaytirish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan amaliy faoliyatini kengaytirish hamda universitet hududini ko‘kalamzorlashtirishdan iboratdir.
Tadbirni JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov ochib berdi. U o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
- “‘Bir talaba – bir daraxt’ tashabbusining bosh maqsadi yoshlarimizda ekologik ongni yuksaltirish, ularning tabiatni asrash jarayonidagi amaliy ishtirokini kuchaytirishdan iborat. Har bir talabaning kamida bir tup daraxt ekishi nafaqat hududlarimizni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladi, balki yoshlarni tabiatga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Universitetimizda bunday ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tizimli davom ettirish ustuvor vazifalarimizdan biridir.”
Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari B. Xofizov ham o‘z fikrlarini bildirdi:
- “Ekologik barqarorlikni ta’minlash jamiyatning har bir a’zosidan ongli va mas’uliyatli munosabatni talab etadi. ‘Bir talaba – bir daraxt’ tashabbusi yoshlarimizning ekologik taraqqiyotdagi rolini oshirish, ularni amaliy jarayonga jalb etish borasida muhim qadamdir. Ekologik partiya sifatida biz bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va yoshlarning yurtimizni yanada yashil, sog‘lom va barqaror kelajak sari yetaklashdagi ishtirokini yuksak baholaymiz.”
Aksiya davomida universitet hududiga 10 tup akatsiya, 10 tup yasen va 10 tup badrianka ko‘chatlari ekildi.
Biz ishonamizki, bugun ekilgan nihollar kelajakda universitet hududining ko‘rki bo‘lib, yashil va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.
| Sana: | 20.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 66 |
| Ulashish: |




