JIDUda siyosatshunoslik fanidan mahorat darsi tashkil etildi

JIDUda siyosatshunoslik fanidan mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda siyosatshunoslik fanidan mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda siyosatshunoslik fanidan mahorat darsi tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari uchun Siyosatshunoslik fani doirasida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda Siyosatshunoslik kafedrasi professori Q. A. Jo‘rayev hamda kafedra o‘qituvchilari N. Kushayeva va D. Xudoyberganova ishtirok etdilar.

    Mahorat darsiga mehmon sifatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Farxodovich Elmurodov taklif etildi. U talabalarga mamlakatimizdagi nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tizimining shakllanishi va rivojlanishi, siyosiy partiyalarning demokratik jarayonlardagi ishtiroki, fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish hamda jamiyat manfaatlarini ifodalashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 35 yillik faoliyati, uning tashkil topish tarixi, rivojlanish bosqichlari va mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni haqida fikr yuritildi. Partiyaning ko‘p yillik tajribasi va faoliyatining muhim jihatlari talabalarga atroflicha tushuntirildi.

    Mazkur mahorat darsi talabalarning siyosatshunoslik fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy ma’lumotlar bilan boyitish, siyosiy institutlar faoliyati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.

    Bunday uchrashuvlar ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash, talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.