
JIDUda “Chet tili bo‘yicha videodars uchun kontent tayyorlash metodikasi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Chet tili bo‘yicha videodars uchun kontent tayyorlash metodikasi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Sharq tillari kafedrasida “Chet tili bo‘yicha videodars uchun kontent tayyorlash metodikasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsini Sharq tillari kafedrasi koreys tili o‘qituvchisi Dilnoza Nasullayeva olib bordi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kafedra o‘qituvchilarini xorijiy tillarni onlayn o‘qitishning zamonaviy imkoniyatlari, samarali raqamli vositalar hamda interaktiv ta’lim usullari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirning amaliy qismi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida Koreya Respublikasiga amalga oshirilgan o‘quv safari davomida orttirilgan tajribaga asoslandi. Ishtirokchilarga o‘quv taqdimotlari va videomashg‘ulotlar ustida ishlash natijalari, shuningdek, to‘plangan tajribani pedagogik faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari namoyish etildi.
Onlayn darslar uchun taqdimotlar ishlab chiqish va videomateriallar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish JIDUda o‘qituvchilarning raqamli salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
| Sana: | 21.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 102 |
| Ulashish: |




