Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Hind tili kuni nishonlanib, notiqlik san’ati tanlovi o‘tkazildi

    Joriy yilning 14-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hind tilidagi notiqlik san’ati tanlovi va Milliy hind tili kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

    Tadbirda Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim, universitet prorektorlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev ishtirokchilar va mehmonlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

    Kecha dasturida aktyor va san’atkor Ulug‘bek Kapur musiqiy kompozitsiya ijro etdi. Shundan so‘ng asosiy notiqlik mahorati tanlovi bo‘lib o‘tib, unda 2- va 4-bosqichning 12 nafar talabasi ishtirok etdi. Ularning har biriga hind tilida nutq so‘zlash uchun 2 daqiqadan vaqt ajratildi.

    Tadbirning eng yuqori nuqtasi notiqlik san’ati tanlovi yakunlarini sarhisob qilish bo‘ldi. Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi JIDU talabalarining hind tilini bilish darajasi yuqoriligini hamda til va madaniy an’analarni asrab-avaylash muhimligini ta’kidlab, g‘oliblarga mukofotlarni shaxsan topshirdi.

    Kecha so‘ngida rasmiy yopilish marosimi va ishtirokchilar hamda mehmonlar ishtirokida umumiy fotosessiya bo‘lib o‘tdi.