JIDU talabalari “Raqamli hamkorlikni barpo etish” xalqaro forumida qatnashdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Inkubatsiya markazi xodimlari talabalar bilan birgalikda Samarqandda o‘tkazilgan “Building Digital Alliances: Gulf Countries and Uzbekistan” nomli xalqaro tadbirda ishtirok etishdi.

    Forum doirasida raqamli transformatsiyaning quyidagi asosiy masalalari muhokama qilindi:

    - raqamli boshqaruv,

    - startap ekotizimlarini rivojlantirish,

    - aqlli infratuzilmani yaratish,

    - texnologik taraqqiyotda ta’limning o‘rni.

    Ishtirokchilar yetakchi mutaxassislar, investorlar va innovatorlar bilan suhbatlashish, shuningdek, dolzarb raqamli tendensiyalar va istiqbolli tashabbuslar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir tajriba almashish va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash maydoniga aylandi.