JIDU va Koreya Milliy Ochiq Univeristeti o‘zaro tajriba almashmoqda

JIDU va Koreya Milliy Ochiq Univeristeti o‘zaro tajriba almashmoqda

    JIDU va Koreya Milliy Ochiq Univeristeti o‘zaro tajriba almashmoqda

    JIDU va Koreya Milliy Ochiq Univeristeti o‘zaro tajriba almashmoqda

    KOICA tashkiloti ko‘magida amalga oshirilayotgan “JIDUda onlayn ta’lim tizimini takomillashtirish va kiberta’lim (Cyber Education) modelini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan Koreya Milliy Ochiq Universitetiga (Korea National Open University – KNOU) tashrif buyurdilar.

    Tashrifning asosiy maqsadi zamonaviy masofaviy ta’lim texnologiyalari, raqamli ta’lim platformalari hamda kiberta’limni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish va ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

    KNOU rektori Kim Jong-oh mazkur dastur nafaqat qisqa muddatli tajriba almashish tashabbusi, balki ikki universitet o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikning mustahkam poydevori hamda yangi bosqichining boshlanishi ekanini alohida ta’kidladi.

    Rektorning qayd etishicha, KNOU 50 yildan ortiq vaqt davomida masofaviy ta’limni tashkil etish bo‘yicha to‘plangan tajribaga tayangan holda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion pedagogik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli joriy etib kelmoqda.

    Mazkur tajriba almashish dasturi JIDU va KNOU o‘rtasida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.