
JIDUda talabalarning shaxsiy rivojlanishi va psixologik salomatligiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
JIDUda talabalarning shaxsiy rivojlanishi va psixologik salomatligiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 10-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida psixolog N.Norova hamda Xalqaro huquq fakulteti 2-kurs koordinatori S. Nosirova tashabbusi bilan Xalqaro huquq fakulteti 2-kurs talabalari uchun “O‘zini anglash va psixologik jarayonlar menejmenti” va “Sog‘lom ruhiyat — sog‘lom turmush tarzining shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati” mavzulari doirasida psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda o‘zini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish, psixologik jarayonlarni boshqarish qobiliyatini rivojlantirish, sog‘lom ruhiy muhitni qaror toptirish hamda shaxsiy rivojlanishda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini yoritishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga hissiy holatlarni samarali boshqarish, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri va asosli qaror qabul qilish, ijobiy fikrlashni rivojlantirish hamda shaxsiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavzu doirasida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, talabalar ularda faol ishtirok etdilar.
Trening yakunida talabalarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, sog‘lom ruhiy muhitni shakllantirish hamda shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.




