
“Fakultet ligasi” yakunlandi
“Fakultet ligasi” yakunlandi

“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari o‘rtasida tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha “Fakultet ligasi” musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyati va strategik yondashuvlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalar:
Yuldoshev Asadbek Otabekovich (2-bosqich)
Masodiqov Mirziyodbek Sherzodbek o‘g‘li (3-bosqich)
Raxmatullayev Ulug‘bek Umidjon o‘g‘li (2-bosqich)
G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shuningdek, musobaqani tashkil etishda faol ishtirok etgan barcha tashabbuskor talabalarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.




