JIDU talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

JIDU talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    JIDU talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    JIDU talabalari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    2026-yil 4-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti maxsus kursi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif amalga oshirdi.

    Tashrifda jami 60 nafar ishtirokchi, jumladan 35 nafar maxsus kurs talabalari hamda 25 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

    Mazkur tashrifning asosiy maqsadi talabalarni O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’naviy merosi, islom sivilizatsiyasining tarixiy va madaniy ahamiyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek nazariy bilimlarni amaliy kuzatuvlar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.

    Tashrif dasturi doirasida ishtirokchilar Markaz ekspozitsiyasi bilan tanishib, boy tarixiy manbalar, noyob qo‘lyozmalar va zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar orqali islom sivilizatsiyasining rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

    Shuningdek, konferensiyalar zalida qisqa rasmiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev so‘zga chiqib, mazkur tashrifning ilmiy va ma’rifiy ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

    Tashrif davomida ishtirokchilarga Markaz faoliyatiga oid hujjatli film ham namoyish etildi, bu esa talabalar uchun mavzuni yanada chuqurroq anglash imkonini yaratdi.

    Mazkur ma’rifiy tashrif talabalar uchun muhim tajriba bo‘lib, ularning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.