
JIDU vakillari “IAC Young Eurasia ” arbitraj haftaligi va “6th IAC Vis Pre-Moot” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi
JIDU vakillari “IAC Young Eurasia ” arbitraj haftaligi va “6th IAC Vis Pre-Moot” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi

2026-yil 2-6-mart kunlari JIDU Vis Moot jamoasi IAC Young Eurasia arbitraj haftaligi hamda “6th IAC Vis Pre-Moot” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi. Jamoa tarkibiga Xalqaro huquq fakulteti talabalari Kamronbek Shermetov, Aziza Normaxammatova, Aziza Raxmatullayeva va Noila Pardayeva, shuningdek jamoa murabbiyilari Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professor-o’qituvchilari kirdi.
Xalqaro musobaqa doirasida jamoa yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi eng kuchli to‘rt jamoa qatoridan joy oldi hamda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan eng kuchli jamoalardan biri sifatida e’tirof etildi.
Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedra mudiri Masadikov Sherzodbek, professor Imamova Dilfuza va shogird-o‘qituvchi Bobonazarov Alisher jamoani boshqarish va tayyorlashni amalga oshirishdi.
Shuningdek, professor Imamova Dilfuza “6th IAC Vis Pre-Moot” doirasida xalqaro tijorat arbitraji hakami sifatida ishtirok etib, ishtirokchilarning chiqishlarini baholashda faol qatnashdi. Bu holat universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro akademik va professional tayyorgarlik jarayonidagi yuqori darajadagi ishtirokini tasdiqlaydi.
Mazkur muvaffaqiyat JIDU talabalarining xalqaro arbitraj va tijorat huquqi sohasidagi yuqori tayyorgarligini, shuningdek ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini namoyon etadi.
Mazkur yutuq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bevosita bog‘liqdir. Xususan, u 16-maqsad – “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”ga mos keladi, jumladan 16.3-band – qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlovdan teng foydalanishni kafolatlashni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, ushbu natija 17-maqsad – “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik”ka ham xizmat qiladi, xususan 17.6-band – xalqaro hamkorlik va bilim almashinuvini rivojlantirish, 17.16-band – global hamkorlikni mustahkamlash hamda 17.17-band – davlat, xususiy va akademik sektorlar o‘rtasida samarali hamkorlikni kengaytirishni qamrab oladi.
Mazkur natija JIDUda xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanayotganini tasdiqlaydi hamda universitetning xalqaro akademik nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




