JIDU rektori Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi parlamentlararo forumi doirasida parlament delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

    Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi parlamentlararo forumi doirasida qator parlament delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

    Jumladan, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Qozog‘iston Parlamenti Majilisi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Aygul Kuspan, Tojikiston Majlisi Namoyondagon Majlisi Oli raisining o‘rinbosari Mavsuma Muini, Turkmaniston Medjlisi Xalqaro va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Maksat Kuliyev, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshining Fan, taʼlim, innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari, madaniyat, sport va yoshlar ishlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Saltanat Amanova  bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Delegatsiya rahbarlari Samarqand sammitida ilgari surilgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» parlamentlararo forumini taʼsis etish tashabbusini o‘z vaqtidagi va dolzarb qadam sifatida baholab, bu tashabbus O‘zbekistonning mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishdagi birlashtiruvchi o‘rnini yaqqol namoyon etayotganini taʼkidladi.

    Shuningdek, davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni parlament darajasida qo‘llab-quvvatlash va amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish muhimligi qayd etildi. Forumni institutsionallashtirish, uni rotatsiya asosida o‘tkazish va ishtirokchilar doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

    Uchrashuvlarda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani qayd etilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun muvofiqlashtirilgan mintaqaviy yondashuv zarurligi taʼkidlandi.

    Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etildi.

    Shu bilan birga, parlamentlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, YEXHT Parlament Assambleyasi doirasida transport bog‘liqligi va ekologik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma tadbir o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.