JIDUda “O‘rikguli” taxallusi bilan tanilgan eko-faol Mo‘tabar Xushvaqtovaning ishtirokida ekotrening o‘tkazildi

    “Barqaror rivojlanish maqsadlari” haftaligi doirasida O‘zbekistonning yetakchi eko-faollaridan biri, “Urikguli” nomi bilan mashhur Mutabar Xushvaktova ishtirokida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ekotrening bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda JIDU professor-o‘qituvchilari hamda talabalar faol qatnashib, mahalliy va global ekologik muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Trening davomida Mutabar Xushvaktova ekologik amaliyotlar, mahalliy keyslar va ularning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

    Uchrashuv jarayonida ishtirokchilar ekologik ongni shakllantirishda media savodxonlikning o‘rni, kundalik hayotda ekologik mas’uliyatni oshirish usullari kabi muhim mavzularda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb ekologik masalalar bo‘yicha savollariga batafsil javob oldilar.