Ma’muriy odil sudlov va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish: JIDU o‘qituvchisi Odil sudlov akademiyasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

Ma’muriy odil sudlov va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish: JIDU o‘qituvchisi Odil sudlov akademiyasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

    Ma’muriy odil sudlov va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish: JIDU o‘qituvchisi Odil sudlov akademiyasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

    Ma’muriy odil sudlov va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish: JIDU o‘qituvchisi Odil sudlov akademiyasidagi davra suhbatida ishtirok etdi

    2026-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Ma’muriy organlarning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish: sud amaliyoti” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbir oflayn va onlayn shaklda tashkil etildi. Unda sudyalar, Adliya vazirligi vakillari, olimlar hamda mamlakatimizning yetakchi yuridik oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari ishtirok etdi.

    Tadbirni Odil sudlov akademiyasi rektori, yuridik fanlar doktori, dotsent Sherzod Yoqubjonovich Abduqodirov kirish so'zi bilan ochib berdi. Davra suhbatini Akademiyaning Ma'muriy-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Nozimaxon Mo'ydinjonovna Tojiyeva moderatorlik qildi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti nomidan Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi katta-o'qituvchisi Soliyev Dilshod Baxtiyor o‘g‘li tomonidan “Ma’muriy organlar qarorlari ustidan nizolar bo‘yicha yagona sud amaliyoti: ma’muriy sudlar tizimini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari sifatida” mavzusi bilan ishtirok etib, Oliy sud Plenumi faoliyatiga taalluqli holatlar, ma’muriy sudlar tizimidagi mavjud amaliy muammolar, shuningdek, sud amaliyotidagi mavjud holatlar yuzasidan ilmiy-nazariy fikrlar bildirildi.

    Shuningdek, Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Naubaxar Baxadir qizi Uzakbayeva "Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmida ma'muriy sud ishlarini yuritish" mavzusida ma'ruza qildi. U pul yuvishga qarshi kurashish tizimida ma'muriy sudlarning o'rni haqida so'zlab berdi. Xususan, vakolatli va nazorat qiluvchi organlar qarorlarining qonuniyligi ustidan sud nazorati hamda JDLQK/TMQK talablarini bajarishga majbur bo'lgan subyektlar huquqlarini himoya qilish masalalariga to'xtaldi. Shuningdek, moliyaviy monitoring samaradorligi bilan sud himoyasi kafolatlari o'rtasidagi muvozanatga alohida e'tibor qaratdi.

    Ishtirokchilar turli masalalarni muhokama qildilar. Jumladan, FHDYo organlari bilan bog'liq nizolar bo'yicha sud amaliyoti, ma'muriy organlar ustidan sud va prokuror nazoratining dolzarb muammolari ko'rib chiqildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari ustidan nizolashishda sud himoyasining samaradorligi, isbotlash yuki va sudning faol ishtiroki haqida fikr almashildi. Soliq organlari hujjatlari ustidan nizolashish tartibi, yagona sud amaliyoti, jamoatchilik nazorati va ma'muriy sud hujjatlarini ijro etish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv umumiy muhokama va fikr almashish bilan yakunlandi.

    Davra suhbati yakunlari bo'yicha barcha ishtirokchilarning tezislari alohida to'plam shaklida nashr etiladi.

    Davra suhbati mavzusi 16-Barqaror rivojlanish maqsadi “Tinchlik, odil sudlov va samarali institutlar” bilan bevosita bog'liq. Ma'muriy organlar qarorlari ustidan nizolashish mexanizmlarining muhokamasi 16.3-vazifaga — qonun ustuvorligini ta'minlash va barcha uchun odil sudlovdan teng foydalanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, u 16.6-vazifaga — barcha darajalarda samarali, hisobdor va shaffof institutlarni shakllantirishga ham mos keladi. Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ma'ruza esa 16.4-vazifa — noqonuniy moliyaviy oqimlarni sezilarli darajada qisqartirish va uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurashish bilan bog'liq.

    Tadbir, shuningdek, 17-BRM “Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik”ga ham hissa qo'shadi. U O'zbekistonda ma'muriy odil sudlovni rivojlantirish bo'yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun sud hamjamiyati, davlat organlari va akademik muhitni birlashtirdi.