JIDUda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 146-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish ishlari ko‘rib chiqilmoqda.

    Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida vazirlik vakillari - Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarmasi boshlig‘i S.Tajibayev hamda bo‘lim rahbarlari Z.Zaxidova va J.Usmanov JIDUning Kutubxona xizmatlari markazi va Nashriyot bo‘limi faoliyati bilan tanishdilar.

    Vazirlik vakillari tomonidan o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan adabiyotlarning holati va fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganib chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar talabalarning ilmiy va nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv materiallarini yaratishga qaratilganligi ta’kidlandi.