JIDU talabalari “Konstitutsiya oyligi” doirasida mahalla aholisi uchun ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti talabalari “Konstitutsiya oyligi” doirasida huquqiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini keng ko‘lamda davom ettirmoqda.

    Joriy yilning 17-noyabr kuni talabalarimiz tomonidan “Navnihol” MFY aholisi hamda 27-maktab o‘quvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi normalar bo‘yicha keng qamrovli ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

     Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyamizning yangilangan jihatlari, unda aks etgan demokratik qadriyatlar va davlatning yoshlar siyosatiga oid normalar sodda, tushunarli va interaktiv yondashuvlar orqali tushuntirib berildi. Talabalar xalq bilan muloqot jarayonida viktorinalar, savol-javoblar hamda real hayotiy misollar orqali huquqiy tushunchalarni yanada boyitdi.