
JIDUda psixologik seminar-trening o‘tkazildi
JIDUda psixologik seminar-trening o‘tkazildi

2025-yil 11-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida psixolog N. Norova hamda tyutor I. Fayzullayeva hamkorligida psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir dolzarb mavzularga bag‘ishlandi: “Hayot go‘zal - chunki men unda mavjudman” va “Musiqaning stress bilan kurashish va hissiy barqarorlikni mustahkamlashdagi ta’siri”.
Seminar davomida psixolog talabalarga maqsadlarga erishishda uyg‘unlikning muhimligi, sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, musiqaning ruhiy tushkunlikning oldini olish va uni yengishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Treningning amaliy qismi quyidagi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi:
“Qo‘llab-quvvatlayman”;
“O‘zaro munosabatlarni mustahkamlash”;
“Musiqiy motivatsiya”.
Talabalar muhokamalarda faol ishtirok etib, qo‘shiq kuylash orqali stressni kamaytirish usullarini qiziqish bilan bajardilar.
Bunday tadbirlar talabalar uchun mustahkam ruhiy tayanch yaratadi, ularning qobiliyat va salohiyatlarini ochib berishga ko‘maklashadi, shuningdek, kelajakda muvaffaqiyatli qadamlar tashlash uchun zarur bo‘lgan ishonchni shakllantiradi.
| Sana: | 11.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 73 |
| Ulashish: |




