JIDU talabalari OMOUS-2026 xalqaro olimpiadasi g‘oliblari

JIDU talabalari OMOUS-2026 xalqaro olimpiadasi g‘oliblari

    JIDU talabalari OMOUS-2026 xalqaro olimpiadasi g‘oliblari

    JIDU talabalari OMOUS-2026 xalqaro olimpiadasi g‘oliblari

    Talabalar o‘rtasidagi VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi — Open Mathematical Olympiad for University Students – OMOUS-2026 — yuqori darajadagi matematik tayyorgarlikka ega va rivojlangan analitik fikrlash qobiliyatiga ega iqtidorli talabalarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi.

    Olimpiada 2026-yil 23–28-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tdi va unda jami 87 ta jamoa ishtirok etdi, shundan 51 tasi xorijiy jamoalar bo‘lib, bu tadbirning yuqori xalqaro maqomga ega ekanini ko‘rsatadi. Olimpiadada O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Gretsiya, Eron, Vengriya, Niderlandiya, Tojikiston hamda Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan talabalar ishtirok etdilar. Shuningdek, Turkmanistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari ham faol qatnashdilar.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 1–2-bosqich talabalari ishtiroki “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Jamoa tayyorlovini katta o‘qituvchi Shodmon Turdiyev amalga oshirildi.

    JIDU talabalari yuqori natijalarga erishib, jami 6 ta medal — 4 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdilar. Bu natija xalqaro jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.

    Oltin medal sohiblari: Egamberdiyev Maqsadbek, Ortiqov Yusufjon, Abdulhamidov Izzatbek, Erkinov Behruzbek.

    Kumush medal sohiblari: Baxtiyorov Nurbek, Gulimmatov Humoyunbek

    Mazkur natijalar talabalarning yuqori darajadagi tayyorgarligini va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli raqobatlashish qobiliyatini tasdiqlaydi.

    OMOUS-2026 dagi yutuqlar JIDU talabalari tomonidan xalqaro matematika musobaqalarida erishilayotgan barqaror muvaffaqiyatlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Avvalroq universitet talabalari RUDN Math Olymp 2025 xalqaro olimpiadasida sovrindor bo‘lib, fundamental bilimlar va analitik fikrlashning yuqori darajasini namoyish etgan edilar. Shuningdek, jamoa Siberian Mathematical Contest xalqaro olimpiadasida hamda qator respublika musobaqalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

    Talabalarning muntazam yuqori natijalari universitetning fundamental bilimlarni rivojlantirish, tadqiqot va analitik kompetensiyalarni shakllantirish hamda global raqobat sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim strategiyasining samaradorligini ko‘rsatadi.

    JIDU talabalari tomonidan OMOUS-2026 da erishilgan yutuqlar universitetning xalqaro akademik nufuzini mustahkamlash, ilmiy-ta’limiy hamkorlikni kengaytirish va bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi talabalar va ularning ilmiy rahbarini erishilgan yutuqlar bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusida yangi muvaffaqiyatlar, ilmiy yutuqlar va xalqaro maydonda yorqin g‘alabalar tilaydi.