“Xalqaro investitsiya huquqi” kursi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

“Xalqaro investitsiya huquqi” kursi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    “Xalqaro investitsiya huquqi” kursi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    “Xalqaro investitsiya huquqi” kursi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 5-mart kuni Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Rushana Sadullaeva “Xalqaro investitsiya huquqi” kursi doirasida “Xalqaro iqtisodiyot” yo‘nalishi magistrantlari uchun navbatdagi mehmon ma’ruzasini tashkil qildi.

    Ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti Xalqaro munosabatlar qonunchiligi sektori yetakchi ilmiy xodimi Timur Davlatov ishtirok etdi. O‘z chiqishida u  investitsiya shartnomalari asosidagi arbitraj sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. U investor-davlat nizolarini hal qilish (ISDS) tizimi oldida turgan dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilib, dunyo mamlakatlarining taklif etilayotgan o‘zgarishlarga munosabati haqida ma’lumot berdi.

    Samsung Electronics Uzbekistan kompaniyasining yuridik va muvofiqlik maslahatchisi amaliyotchi mutaxassis Suhayl-bek Isokov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U O‘zbekistondagi yetakchi investorlardan biri sifatida Samsung Electronics kompaniyasi faoliyati haqida so‘zlab, talabalarga yirik transmilliy korporatsiyada xalqaro investitsiya huquqi tamoyillari amalda qanday qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Mehmon ma’ruzasi magistrantlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va xalqaro investitsiya huquqining zamonaviy tendensiyalari hamda amaliy jihatlari bilan tanishish uchun muhim imkoniyat yaratdi.