JIDUda “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 17-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqa davomida talabalar o‘zaro do‘stlik, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

    G‘olib va sovrindor jamoalar hamda ishtirokchilar fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.