O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutiga JIDU talabalari tashrif buyurdilar

    2025-yil 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetining 3-kurs talabalari “Ombudsman klubi” faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutiga tashrif buyurishdi.

    Tashrif chog‘ida Ombudsman Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Aziz Yuldashev Ombudsman va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Bundan tashqari, ma’ruzachi Kotibiyatning murojaatlar bilan ishlash bo‘limiga fuqarolardan qanday turdagi murojaatlar kelib tushishi va ularni hal etishda qo‘llaniladigan mexanizmlar haqida tushuntirdi.

    Ushbu tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular Ombudsman tomonidan inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha savollariga javob olishdi.

    Yakunida “Ombudsman klubi” faoliyati doirasida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil institutida amaliyot o‘tash imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.