JIDU vakillari tomonidan bolalar onkologiya shifoxonasiga xayriya tashrifi tashkil etildi

    Joriy yilning 4-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari — Arslonbekova R.A., Allaberganova D.I., Tashpulatova N.B., Akhmadjanov Kh.A., Zaripova F.Sh., Batirova M.X. hamda Akmalova Z.N. Bolalar onkologiya shifoxonasiga tashrif buyurdilar.

    Ushbu tashrif xayriya aksiyasi bilan yakunlandi. Unda o‘qituvchilar leykoz kasalligidan davolanayotgan besh nafar bolaning oilalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan jamg‘armaga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

    Mazkur tashabbus og‘ir sinovlarni boshdan kechirayotgan oilalarga muhim yordam ko‘rsatish bilan birga, universitet jamoasida hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhini yanada mustahkamladi.

    Mazkur xayriya tashabbusi BMTning 3-Barqaror rivojlanish maqsadi – "Sog‘lik va farovonlik" bilan uzviy bog‘liq. Og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tashabbus universitet jamoasining ijtimoiy mas’uliyati, insonparvarlik va o‘zaro yordam tamoyillariga sodiqligini namoyon etdi.