She’r va ma’naviyatga boy oqshom – “Mushoira kechasi”!

She’r va ma’naviyatga boy oqshom – “Mushoira kechasi”!

    She’r va ma’naviyatga boy oqshom – “Mushoira kechasi”!

    She’r va ma’naviyatga boy oqshom – “Mushoira kechasi”!

    Joriy yilning 27-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar turar joyida “Mushoira” hamda “Kitobxonlik” klublari tashabbusi bilan ilhomga to‘la “Mushoira kechasi” tashkil etildi.

    Tadbir davomida universitetning ijodkor, she’riyat va kitobxonlikka qiziquvchi iqtidorli talabalari o‘zlarining she’riy chiqishlari, mashhur shoir va yozuvchilarning ijodidan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’riy kompozitsiyalar bilan ishtirok etishdi.

    Kechaga “Besh muhim tashabbus markazi” rahbari Sh.Shakirova tomonidan dutorda ijro etilgan milliy kuylar o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bu ijodiy chiqish talabalar tomonidan iliq kutib olindi.

     Mushoira doirasida talaba-yoshlar o‘zaro sevimli kitoblari, mualliflar va asarlari haqida fikr almashishdi. Tadbir yakunida klub a’zolarining yil davomida amalga oshirgan faoliyati, yutuqlari va istiqbolli rejalar muhokama qilinib, 2024–2025 o‘quv yili davomida faol ishtirok etgan talabalar Besh muhim tashabbus markazi rahbari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.