
JIDUda “Huquqbuzarlik, ekstremizm, giyohvandlik va kiberjinoyatlarga qarshi profilaktika: yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
JIDUda “Huquqbuzarlik, ekstremizm, giyohvandlik va kiberjinoyatlarga qarshi profilaktika: yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich kurs koordinatorlari S.Nosirova, A.Ikromov hamda universitet profilaktika noziri Sh.Boymatov hamkorligida 2-kurs “Koordinatorlik soati” doirasida “Huquqbuzarlik, ekstremizm, giyohvandlik va kiberjinoyatlarga qarshi profilaktika: yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda soha mas’ul xodimlari ishtirok etib, yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik, diniy ekstremizm, ma’naviy tahdidlar, giyohvandlik va psixotrop moddalar zarari, shuningdek kiberjinoyatlar va ulardan saqlanish yo‘llari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida talabalar dolzarb masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash hamda zamonaviy tahdidlarga nisbatan ogohlikni oshirishga xizmat qildi.




