“Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati

“Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati

    “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati

    “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida davra suhbati

     Joriy yilning 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

    Mazkur tadbirning asosiy g‘oyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi (2018 yil) hamda “Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni” rezolyutsiyasi (2024 yil), shuningdek, “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan jamiyatda o‘zaro hurmat, totuvlik va hamjihatlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbus va g‘oyalarni keng targ‘ib qilishga qaratildi.

    Tadbirda turli millat va elatlarga mansub fuqarolar, jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li - davra suhbati ishtirokchilariga mamlakatda olib borilayotgan millatlararo totuvlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar, diniy erkinlik va bag‘rikenglikning amaliy ifodalari haqida so‘z yuritdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonda turli millat va din vakillarining o‘zaro hurmat, do‘stlik va bir maqsad yo‘lida yashab kelayotgani yurtimizning eng muhim qadriyatlaridan biri ekanini ta’kidladi.

    Markaz direktori Qobiljon Sobirov o‘z nutqida bugungi davra suhbatining maqsadi – dinlararo muloqot va xalq diplomatiyasi orqali o‘zaro anglashuvni kuchaytirish, tinchlik va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash ekanligini qayd etdi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Etibor Sultanova xalq diplomatiyasi – bu faqat rasmiy muloqot emas, balki xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikni mustahkamlovchi kuchli madaniy va ma’naviy ko‘prik ekanligi, diniy bag‘rikenglik esa ana shu ko‘prikni barqaror va mustahkam holda saqlab turishning asosiy shartlaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.

      Yoshlar ishlari ofisi bosh mutaxassisi S.Tillaxodjaeva yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish borasidagi faoliyat va tashabbuslar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

      Uchrashuv yakunida totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.