JIDU vakillari “Navoiy va Bobur ijodida ayol, ona, oila” mavzusida davra suhbatida ishtirok etishdi

    Joriy yilning 17-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan navbatdagi “Kitobxon onalar” dasturi doirasida “Navoiy va Bobur ijodida ayol, ona, oila” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda JIDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor Sultanova E’tibor Siddikovna hamda ushbu kengashning “Xalqaro huquq” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Mirhamidova Mahinnora Nurullayevna ishtirok etdilar.

    Davra suhbatida siyosiy fanlar doktori, professor E’tibor Sultanova ma’ruza qildi. Ma’ruzada Navoiy va Bobur asarlarida ayolga bo‘lgan yuksak ehtirom, sadoqat, ma’naviy poklik va oila muqaddasligi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi.

    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mumtoz adabiyot namoyandalari ijodida ayol obrazi, onalik ulug‘vorligi va oilaviy qadriyatlarning badiiy-estetik talqinini yoritish, milliy-ma’naviy merosni targ‘ib etish hamda yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.