
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

2026-yil 24-fevral kuni D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filialida talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga filial direktori B. Nurmetov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O. Yusupdjanov, Yoshlar ishlari ofisi mutaxassislari, universitet psixologi hamda profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Filial direktori B. Nurmetov yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan, 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-207-son Farmonga e’tibor qaratdi va ushbu vazifalarni yoshlarga tatbiq etish muhimligini qayd etdi.
O. Yusupdjanov esa uchrashuvni davom ettirib, 24-fevral kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan yoshlar uchrashuvi mazmunini misollar bilan kengaytirdi. Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olishlari uchun sharoit yaratish, startap va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xorijiy tillarni o‘rganish va kasb-hunar egallash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi. Shuningdek, PF-207-son Farmon doirasida yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport va ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etish, hududiy va milliy grantlar orqali ijtimoiy faollikni oshirish masalalari keltirildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy immunitetini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
| Sana: | 24.02.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 62 |
| Ulashish: |




