
“Xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro huquqiy muammolar” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruza darsi
“Xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro huquqiy muammolar” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruza darsi

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Jasur Radjabov tomonidan “Xalqaro ommaviy huquqning dolzarb masalalari” fan doirasida magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro huquqiy muammolar” mavzusiga bag‘ishlangan interaktiv shaklda ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o‘qituvchilari, yuridik fanlar doktori professor N.A.Nugmanov ishtirok etdi.
Ma'ruza davomida ekspert tomonidan xalqaro tashkilotlar duch kelayotgan asosiy xalqaro huquqiy masalalarni muhokama qilindi. Xalqaro tashkilotlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar savdo va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, nizolarni hal qilish va xalqaro huquqni birlashtirishda global rol o‘ynashi, xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida bir qator hal qilinmagan va bahsli xalqaro huquqiy masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ekspert tomonidan Xalqaro tashkilotlarni xalqaro noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlikka tortish asoslari va tartiblarini aniq belgilash, BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan qabul qilingan Xalqaro tashkilotlarning xalqaro noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarligi to‘g‘risidagi moddalar, yurisdiksiya va nazorat bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida xalqaro tashkilotlar imtiyozlari va immunitetlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan normalar (protsedura qoidalari, rezolyutsiyalar) va a'zo davlatlarning ichki qonunchiligi o‘rtasidagi vujudaga kelayotga muammolar to‘g‘risida amaliy tajriba va fikr almashinildi.
| Sana: | 10.12.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 137 |
| Ulashish: |



