
JIDU talabalari italyan tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar olishdi
JIDU talabalari italyan tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar olishdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari nufuzli “Universiadi della Lingua Italiana 2025” italyan tili olimpiadasi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganliklari uchun sertifikatlar bilan taqdirlandi. Olimpiada Italiya tili o‘qituvchilari uyushmasi (ANILS) raisi Mariya Chechiliya Luizening tashabbusi bilan o‘tkazildi.
“A2” darajasida til bilimini namoyish etgan ishtirokchilar o‘z yutuqlarini tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.
Bunday xalqaro tashabbuslar til ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va akademik almashuvga yordam beradi. Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarning yuqori ishtiyoqi va sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladilar.
Sertifikat sohiblarini tabriklaymiz va ularga italyan tilini o‘rganishda yanada katta yutuqlarga erishishlarini tilaymiz!