Kurs koordinatorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kurs koordinatorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Kurs koordinatorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Kurs koordinatorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Oydin Sultonaliyevna Mannopova universitetning kurs koordinatorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida yangi o‘quv yilida talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning o‘qish jarayoniga moslashuvi, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Kurs koordinatorlarining asosiy vazifalaridan biri — talabalar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning holidan xabar olish va muammolarini o‘rganish ekani ta’kidlandi. Jumladan, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan muntazam suhbatlar o‘tkazish, ularning yashash sharoitini o‘rganish, muammoli masalalarni aniqlash va tegishli mas’ullarga yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
    Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoiti, xavfsizligi va ijtimoiy muhitini o‘rganib borish, zarur hollarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Uchrashuvda talabalar bilan ishlashda muntazam monitoring, individual yondashuv va tezkor muloqotni yo‘lga qo‘yish, talabalar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, kurs koordinatorlariga o‘quv yili davomida talabalarni ta’lim jarayoni, universitetning ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotiga faol jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning universitet jamoasiga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

    Uchrashuv yakunida yangi o‘quv yilida talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va har bir talabaning muammosiga o‘z vaqtida e’tibor qaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.